search

Birinchi muhabbatim - Sherali Jo'rayev.lrc

LRC Lyrics download
[00:00.00] 作词 : Sherali Jo'rayev
[00:01.00] 作曲 : Sherali Jo'rayev
[00:10.57]Kecha oqshom falakda oy bo'zarib botganda
[00:23.27]Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda
[00:35.79]Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uyg'otganda
[00:46.34]Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim
[00:54.60]Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim
[01:03.49]O'tdi yoshlik zavq bilan, gohi to'polon bilan
[01:14.33]Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan
[01:25.17]Ayro ham tushdim ba'zan, qalb bilan iymon bilan
[01:36.43]Lekin seni yo'qotdim, birinchi muhabbatim
[01:44.20]Mangu g'aflatda qotdim, birinchi muhabbatim
[01:53.30]Dunyo degan shundayin anglab bo'lmas sir ekan
[02:00.41]Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan
[02:07.72]Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan
[02:15.53]Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim
[02:22.95]Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim
[02:30.93]Yo'lin yo'qotsa odam – muhabbatga suyangay
[02:38.00]G'ussaga botsa odam – muhabbatga suyangay
[02:45.37]Chorasiz qotsa odam – muhabbatga suyangay
[02:53.03]Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim
[03:00.60]Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim
[03:08.57]Eslab bag'rim tig'layman, birinchi muhabbatim
[03:16.48]Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim
[03:23.95]Sirli tushlar ko'rib men bor dunyoni unutdim
[03:31.74]Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim
[03:39.06]Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim
[03:46.79]Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim
[03:54.19]Yolg'iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim
[04:02.16]Xolbuki orzulardan judo ham bo'lganim yo'q
[04:09.52]Oy kabi to'lganim yo'q, yulduzday kuyganim yo'q
[04:16.89]Erta xazon gul kabi sarg'ayib, so'lganim yo'q
[04:24.49]Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim
[04:32.40]Eslab bag'rim tig'layman, birinchi muhabbatim
text lyrics
作词 : Sherali Jo'rayev
作曲 : Sherali Jo'rayev
Kecha oqshom falakda oy bo'zarib botganda
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda
Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uyg'otganda
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim
O'tdi yoshlik zavq bilan, gohi to'polon bilan
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan
Ayro ham tushdim ba'zan, qalb bilan iymon bilan
Lekin seni yo'qotdim, birinchi muhabbatim
Mangu g'aflatda qotdim, birinchi muhabbatim
Dunyo degan shundayin anglab bo'lmas sir ekan
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim
Yo'lin yo'qotsa odam – muhabbatga suyangay
G'ussaga botsa odam – muhabbatga suyangay
Chorasiz qotsa odam – muhabbatga suyangay
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim
Eslab bag'rim tig'layman, birinchi muhabbatim
Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim
Sirli tushlar ko'rib men bor dunyoni unutdim
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim
Yolg'iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim
Xolbuki orzulardan judo ham bo'lganim yo'q
Oy kabi to'lganim yo'q, yulduzday kuyganim yo'q
Erta xazon gul kabi sarg'ayib, so'lganim yo'q
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim
Eslab bag'rim tig'layman, birinchi muhabbatim